Samarqandda jinoiy guruhning 47 a’zosi ushlandi
3-sahifa
−
06 dekabr 2023
12287Samarqand viloyatida 47 nafar jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.
“Samarqand viloyatida ham Respublikamizning boshqa viloyatlari singari “Dolzarb 40 kunlik” maxsus profilaktik tadbirlari doirasida jinoiy guruhlarga a’zo bo‘lgan, ijtimoiy muhitga salbiy ta’sirini o‘tkazishga uringan bir necha shaxslar qo‘lga olinmoqda”, deyiladi xabarda.
Xususan, Maxsus xizmat va huquq-tartibot idoralar tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida, Samarqand viloyatida 47 nafar jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olinib, ularning 6 nafariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 25 nafari ma’muriy tartibda qamoqqa olingan.
Reyd tadbirlari davomida ushbu shaxslardan giyohvandlik va psixotrop vositalari, sovuq qurollar (kastet, bita va boshqalar ) protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.
Hozirda maxsus-reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.