Samarqandda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan avtobus pastlikka ag‘darildi

Jamiyat

image

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida ISUZU rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashgan avtobus jarlikka ag‘darildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 27 dekabr kuni soat 17:00 larda Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hududidan o‘tgan “M-37” avtomobil yo‘lining 14-kilometrida 1984 yilda tug‘ilgan haydovchi S.A. ISUZU rusumli yuk avtomobilini “Samarqand-Kattaqo‘rg‘on” yo‘nalishida boshqarayotib, ehtiyotsizlik oqibatida o‘zidan oldinda bo‘lgan 1974 yilda tug‘ilgan haydovchi B.A. boshqaruvidagi yo‘lovchi tashuvchi avtobusning orqa tomoniga urilgan. Zarb oqibatida avtobus yo‘lning o‘ng tomond pastlikka ag‘darilgan.

Oqibatda avtobusda bo‘lgan yo‘lovchilardan bir nafari birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Oqdaryo tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, hodisa sabablariga aniqlik kiritilayotgani ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangiyo‘lda Cobalt va Damas to‘qnashishi oqibatid ikkala avtomobil ham yonib ketgan edi.

Shuningdek, Toshkentda avtomobil ko‘prikdan pastga qulab tushgani xabar qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Samarqand

Baholaganlar

414

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing