Samarqandda YTH oqibatida bir haydovchi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 13 iyun kuni Toshkent-Samarqand yo‘nalishida harakatlanayotgan Damas va Cobalt ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Samarqand IIB matbuot kotibi Jahongir Sagdullayev ma’lum qildi.

Bildirilishicha, hodisa soat 06:30 larda Bulung‘ur tumani, "Olmazor" MFY hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining 1046-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi Damas rusumli avtomobilini Toshkent-Samarqand yo‘nalishida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Cobalt rusumli avtomobilni old tomonidan kelib urgan.

Oqibatda Damas rusumli avtomobil haydovchisi olgan tan jarohatlari sabab shifoxonaga olib borilishida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Barcha haydovchilardan transport vositalarini boshqarish davomida yo‘l harakati qoidalariga amal qilgan holda harakatlanishlarini so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda sodir bo‘lgan 3 ta avtomobil ishtirokidagi YTH  oqibatida bir haydovchi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH haydovchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing