Toshkentda 20 yashar haydovchi Onix’da piyodani urib yubordi
3-sahifa
−
10:08 522 1 daqiqa
Toshkent shahrining Uchtepa tumanida Onix rusumli avtomobil haydovchisi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Bu haqda Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yo‘l-transport hodisasi kecha, 23 oktyabr kuni soat 15:00 larda tumanning KXAY ko‘chasida sodir bo‘lgan. 2006 yilda tug‘ilgan X.Sh. boshqaruvidagi Onix rusumli avtomobil piyodani urib yuborgan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida piyodaga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan va u shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan o‘smir katta tezlikda yo‘l-transport hodisasiga uchrashi oqibatida halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr