1 noyabrdan yöl çiziqlarini bosgan haydovçilarga bayonnoma tuzilmaydi
Jamiyat
−
09:27 1789 2 daqiqa
Ertaga, 1 noyabrdan boşlab çorraha va qayrilib oliş joylari yaqinida 1.1 va 1.3 yöl çiziqlarini bosib harakatlangan haydovçilarga YPX inspektorlari tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilmaydi. Şu bilan birga, xavfsizlik kamarini taqmagan haydovçilarni maxsus kameralar orqali aniqlaşga ruxsat beriladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 29 oktyabrdagi “Yöl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etiş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 596-son qarorida belgilangan.
Qarorga köra, 1 noyabrdan çorrahagaça 50 metr, qayrilib oliş joylarigaça esa 20 metr masofada 1.1 va 1.3 yöl yotiq çiziqlarini bosib harakatlanganlik uçun YPX inspektorlari ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirmaydi.
Şuningdek, maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş dasturiy-texnik vositalari orqali haydovçilarning transport vositasini boşqariş va yölovçilarni taşişda xavfsizlik kamaridan foydalaniş qoidalariga rioya etmaslik holatlarini qayd etişga ruxsat beriladi.
Ya’ni endilikda xavfsizlik kamarini taqmagan haydovçilarni texnik talablarga javob beradigan, qayd etilgan ma’lumotlarni “Ma’muriy amaliyot” moduliga avtomatik ravişda uzatiş imkoniyatiga ega qurilmalar ham aniqlaşi mumkin.
Bundan taşqari, qarorga muvofiq, statsionar, ya’ni qözğalmas radarlar joylaşgan hududda va ulardan 250 metrdan kam bölmagan, 500 metrdan köp bölmagan masofada 5.43 radar yöl belgisini örnatiş majburiy hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq 2026 yil 1 noyabrdan tadbirkorlar tomonidan örnatilgan maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş vositalari orqali haydovçilarning xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik holatini aniqlaşga ruxsat berilişi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi30 Oktyabr