Toşkentda haydovçi avtobus ostida qolib, halok böldi
Jamiyat
−
16:52 1725 1 daqiqa
Toşkent şahrida 82-sonli avtobus haydovçisi özi boşqaradigan transport ostida qolib, halok böldi. Bu haqda “Toşşahartransxizmat” AJ xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, hodisa bugun, 7 noyabr kuni sodir bölgan. “18-avtobus saroyi” filialiga qaraşli 82-sonli yönalişda işlovçi haydovçi J.Z. avtobus bekatida yölovçilarni tuşirgaç, transport vositasini töxtatgan.
Biroq haydovçi ehtiyotsizlik va texnik qoidalarga amal qilmagani sababli avtobusning qöl tormozini faollaştirmasdan, transport vositasini tark etgan. Oqibatda avtobus öz-özidan harakatlana boşlagan.
Buni körgan haydovçi avtobusni töxtatişga uringan vaqtida uning özi avtobus ostida qolib, baxtsiz hodisa yuz bergan.
“Toşşahartransxizmat” AJ rahbariyati va jamoasi marhum haydovçining oila a’zolari, yaqinlari hamda hamkasblariga çuqur hamdardlik va ta’ziya bildirgan.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr