Samarqandda yong‘in chiqqan MAN to‘siqqa urilib, ag‘darildi. Haydovchi halok bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
14:51 1450 1 daqiqa
Kecha, 6 avgust kuni Samarqand viloyatining Nurobod tumanida MAN rusumli yuk mashinasida yong‘in chiqib, uning beton to‘siqqa urilib ag‘darilishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 16:00 larda MAN rusumli yuk transport vositasi Nurobod tumani “Mehnatkash” MFY hududidan o‘tuvchi A-378 avtomobil yo‘lining 35-kilometrida Samarqand–Qashqadaryo yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan vaqtida avtomobil kabinasining salon qismida to‘satdan yong‘in kelib chiqqan.
Haydovchi transport vositasini to‘xtatishga uringan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning chap tomonidagi beton to‘siqqa urilgan va transport vositasi ag‘darilgan.
Hodisa oqibatida haydovchi turli darajada og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Nurobod tumani IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lishi oqibatida yuk avtomashinasi yonib ketgan edi.
Live
Barchasi