Toshkent viloyatida yuk mashinasi yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
30 iyun 3390 1 daqiqa
Kecha, 29 iyun kuni Toshkent viloyatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lishi oqibatida yuk avtomashinasi yonib ketdi. Bu haqda Toshkent viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa soat 18:30 larda, Toshkent viloyati Chinoz tumani hududidan o‘tgan M39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 848-kilometrida sodir bo‘lgan. “Kamaz” rusumli yuk transport vositasi “Sirdaryo-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan vaqtida, haydovchining rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, MAN rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashuv sodir etgan.
To‘qnashuv oqibatida “Kamaz” rusumli yuk avtomobilida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan o‘chirilgan.
Hozirda holat yuzasidan Chinoz tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda yuk mashinasida yong‘in chiqqan edi.
Live
Barchasi