Samarqandda o‘rmon xo‘jaligi yerini 25 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida o‘rmon xo‘jaligi yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro A.N. Oqdaryo tumanidagi o‘rmon xo‘jaligiga qarashli 3 gektar yer maydonini fuqaro R.T.ga 25 000 AQSH dollariga sotishga kelishib olgan. U tanishlari yordamida hujjatlarni R.T. nomiga rasmiylashtirish evaziga oldindan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda hokim o‘rinbosari yer maydonini amaldagi tartibni buzgan holda sotib olib berishi evaziga 5,3 mln so‘m olgan vaqtda ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand firibgar o'rmon xo'jaligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing