Samarqandda to‘y kortejida shovqin ko‘targan shaxslar qamaldi  

3-sahifa

image

Samarqandning Urgut tumanida to‘y kortejidagi mashinalarga turli moslamalar o‘rnatib, YPX inspektorlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan haydovchilar qamaldi. Bu haqda viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, nikoh to‘yi marosimida harakatlangan bir to‘da kortej a’zolari guruh bo‘lib, turli xavfli manyovrlar bilan harakatlangan hamda avtomobiliga ruxsat etilmagan maxsus qurilma (migalka) o‘rnatgan va turli ko‘rinishdagi qo‘pol qoidabuzarliklar sodir etgan. Shuningdek, ular Yo‘l-patrul xizmati inspektorlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan.

Jinoyat ishlar bo‘yicha Urgut tuman sudi 9 nafar qoidabuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan sudlanuvchilarning 7 nafariga 10 sutka, 1 nafariga 12 sutka, yana biriga esa 3 sutka qamoq jazosi tayinladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda manyovrlar bilan harakatlangan hamda avtomobiliga ruxsat etilmagan maxsus qurilma o‘rnatgan haydovchilar jazolangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand to'y korteji

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing