Samarqandda tug‘ilgan siam egizaklarining oilasi undan voz kechdi
Jamiyat
−
01 iyul 2020
44672Joriy yilning 27 iyun kuni Samarqand viloyatida ikki boshli chaqaloq dunyoga kelgani haqida xabar bergan edik.
Siam egizaklarining oila a’zolari chaqaloqdan voz kechishga qaror qilishgan. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturi lavhasida ma’lum qilindi.
Egizaklarning bobosi bilan o‘tkazilgan telefon suhbatida u chaqaloqlarni oilasiga qabul qila olmasligini aytgan.
“Qayerga olib ketamiz uni? Uning qancha yashashini ham bilmaymiz. Bir martaga adashdim, kelinni qiynab bolani oldirib tashlamadim. Yaxshi bola tug‘iladi deb o‘yladim”, deydi bolaning bobosi.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasida siam egizaklari og‘ir qolmoqda.
Ona bugun jonlantirish bo‘limidan chiqqan. Salomatligi yomon emas.
Eslatib o‘tamiz, homila 16 haftaligidayoq olingan skrining natijalarida bolaning boshi ikkita ekani, u nosog‘lom tug‘ilishi mumkinligi ma’lum bo‘lgan. Nurobod tumani tibbiyot birlashmasi onalik va bolalikni muhofaza qilish komissiyasi chaqaloqning ota-onasi va yaqinlarini ogohlantirgan, homilani tushirish tavsiya etilgan. Biroq, oila holatni diniy nuqtayi nazardan rad etib, chaqaloqni dunyoga keltirish bo‘yicha qarorini o‘zgartirmagan.
LiveBarchasi