Tezkor: O‘zbekistonda ikki boshli chaqaloq dunyoga keldi (foto)
Jamiyat
−
29 iyun 2020
59109Samarqand viloyatida kecha, 27 iyun kuni ikki boshga ega bo‘lgan siam egizaklari dunyoga keldi. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot kotibi QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Siam egizaklarining ditsefal turiga mansub bo‘lgan qizlar viloyat perinatal markazida 27 iyun kuni kesarcha kesish usuli bilan dunyoga keltirilgan. Ularning tanasi bitta, bir juftdan qo‘l va oyog‘i bor, yuragi o‘pkasi, oshqozoni va bachadoni ikkitadan.
29 iyun kuni chaqaloq Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga o‘tkazilgan.
Chaqaloqda nafas va yurak yetishmovchiligi bor. Bola doimiy namlangan va ilitilgan kislorod bilan nafas olmoqda. Chaqaloqning ahvoli og‘ir.
Homiladorlikning 21-haftasida qilingan skriningda homilaning nuqsoni borligidan ota-onasi xabar topgan.
Shuni alohida qayd etish o‘rinliki, bugungacha O‘zbekistonda siam egizaklari dunyoga kelgani bo‘yicha rasmiy axborot berilmagan.
Ayrim hollarda siam egizaklari yashab qoladi va ular nodir iqtidor egasi bo‘ladi. O‘tgan yili Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘z saroyida siam egizaklarini qabul qilgandi.
LiveBarchasi