Samarqandda tug‘ilgan ikki boshli chaqaloq taqdiri: ota-ona homilani oldirishni istamagan
Jamiyat
−
30 iyun 2020
19711Joriy yilning 27 iyun kuni Samarqand viloyatida ikki boshli chaqaloq dunyoga kelgani haqida xabar bergan edik. Samarqand viloyati Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi QALAMPIR.UZ ushbu hodisaga oid boshqa ma’lumotlarni ochiqladi.
Gap shundaki, joriy yilning 25 iyun kuni 1989 yilda tug‘ilgan M.Ch. viloyat perinatal markazida 38 haftalik homiladorlik tashxisi bilan olib kelingan. Bu uning uchinchi homiladorligi bo‘lgan.
QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qilinishicha, homila 16 haftaligidayoq olingan skrining natijalarida bolaning boshi ikkita ekani, u nosog‘lom tug‘ilishi mumkinligi ma’lum bo‘lgan.
Nurobod tumani tibbiyot birlashmasi onalik va bolalikni muhofaza qilish komissiyasi chaqaloqning ota-onasi va yaqinlarini ogohlantirgan, homilani tushirish tavsiya etilgan. Biroq, oila holatni diniy nuqtayi nazardan rad etib, chaqaloqni dunyoga keltirish bo‘yicha qarorini o‘zgartirmagan.
Siam egizaklarining ditsefal turiga mansub bo‘lgan qizlarning tanasi bitta, bir juftdan qo‘l va oyog‘i bor, yuragi o‘pkasi, oshqozoni va bachadoni ikkitadan.
29 iyun kuni chaqaloq Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga o‘tkazilgan.
Chaqaloqda nafas va yurak yetishmovchiligi bor. Bola doimiy namlangan va ilitilgan kislorod bilan nafas olmoqda. Chaqaloqning ahvoli og‘ir.
LiveBarchasi