Samarqandda tadbirkorning 306 mln so‘mlik mulki “tuya qilindi”
3-sahifa
−
10 Oktabr 2023 7277 1 daqiqa
Samarqand viloyatida o‘zganing 306,4 mln so‘mlik mulkini talon-toroj qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Unga ko‘ra, departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda “U.M.” MCHJning buyurtmalarni tarqatish markazi administratori G.R. o‘zining moddiy javobgarligidagi 306,4 million so‘mlik maishiy texnika va uyali aloqa vositalarini buyurtmachilarga yetkazib bermasdan naqd pulga sotib, tadbirkorning juda ko‘p miqdordagi mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda", deyiladi bu haqdagi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda fuqaroni Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlangandi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr