Samarqandda piyoda YTH qurboni bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 10 oktyabr kuni Samarqand shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

YTH 10 oktyabr kuni soat 20:15 larda Samarqandning Gagarin ko‘chasida yuz bergan. Piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan fuqaroni shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Volkswagen urib yuborgan. YTHda piyoda K.Sh. og‘ir tan jarohatini olib, voqea joyida vafot etgan. 

Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH Samarqand

Baholaganlar

190

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing