Samarqandda ko‘chada baqir-chaqir qilgan tik-toker 15 sutkaga qamaldi (video)

3-sahifa

image

Samarqand shahrida mast holatda ko‘chada baqir-chaqir qilib, odamlar tinchligini buzgan erkak 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 19 aprel kuni 34 yoshli fuqaro Samarqand shahrida jamiyatda yurish-turish qoidalariga rioya qilmagan holda, mast holatda hech bir sababsiz baqir-chaqir qilib, har xil nojo‘ya so‘zlarni aytgan hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi harakatlar sodir etgan. Aniqlanishicha, ushbu fuqaro ijtimoiy tarmoqlarda ham bir necha bor maxsus laqab bilan turli nojo‘ya gaplarni tarqatgan.

Jinoyat ishlar bo‘yicha Samarqand shahar sudi tomonidan mazkur fuqaro Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasida (Mayda bezorilik) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan deb topilib, unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida “yama”da cho‘milayotganini videotasvirga olib, ijtimoiy tarmoqqa joylagan erkak 10 sutkaga qamalgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand tik-toker

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing