Samarqandda koronavirusga chalingan bemor qolmadi

Jamiyat

image

Kecha, 5 fevral kuni Samarqanddagi COVID-19 infeksiyasiga chalingan oxirgi bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi. Bu haqda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lum qildi.

Shu bois mazkur kasallikka chalingan bemorlarni davolash uchun moslashtirilgan markaz (Xospis) o‘z ishini yakunladi.

“Bu pandemiya boshlanganidan hozirga qadar ilk bor viloyatimizda koronavirusga chalinganlar butunlay sog‘ayganidan dalolat”, deyiladi viloyat SSB xabarida.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mazkur jarayonlarda xizmat qilgan barcha tibbiyot xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.

SSV ma’lumotiga ko‘ra, 5 fevral holatiga Samarqandda 2556 kishida koronavirus qayd etilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

158

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing