Samarqandda giyohvand modda sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi (video)
3-sahifa
−
01 Sentabr
7195Samarqand viloyatining ikkita tumanida giyohvandlik moddasini sotayotgan fuqarolar ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, IIB xodimlari tomonidan Jomboy va Urgut tumanida yashovchi ikki nafar shaxs gashish giyohvand moddasining har bir grammini 135-140 ming so‘mdan sotayotgani haqida axborot olingan. Shundan so‘ng joriy yilning 23 avgust kuni IIB va DXX viloyat boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda Jomboy va Urgut tumanida yashovchi ikki nafar shaxs shartli xaridorga 700 gramm giyohvand moddani 10 ming dollarga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari va giyohvand moddalarni sotayotgan shaxslar ushlangandi. Shuningdek, qirg‘izistonlik narkokurer yirik partiyadagi giyohvand moddalarni O‘zbekistonga olib o‘tayotganda qo‘lga olingandi.
LiveBarchasi