Qariyb 5 kg kannabisni qopda tashiyotgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Surxondaryo hamda Jizzax viloyatlarida qariyb 9 kg giyohvandlik vositalari musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida DXX va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida  tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan dala maydonida noma’lum shaxslar tomonidan qoldirib ketilgan 4 kg gashish moddasi aniqlanib, holat protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, mazkur huquq-tartibot organlarining Jizzax viloyati bo‘linmalari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Zarbdor tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan shaxs Jizzax shahrida to‘xtatilib tekshirilganda, uning yonida bo‘lgan xo‘jalik qopi ichida 4 kg 840 gr kannabis o‘simligi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Bildirilishicha, hozirda ikkala holat yuzasidan ham jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov doirasida ushbu qonunbuzarliklarga aloqador shaxslarni aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent xalqaro aeroportida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mamlakatga olib kirilayotgan 11,8 kilogramm gashish moyi musodara qilingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing