Toşkentda 900 dan ortiq mijozga narkotik sotgan şaxs uşlandi

Jamiyat

−

image

Toşkent şahrida giyohvandlik vositalari savdosi bilan şuğullangan ikkita onlayn dökon faoliyatiga çek qöyildi. Ularning biri orqali 213 nafar, ikkinçisi orqali esa 703 nafar mijozga narkotik moddalar taklif etilgan va sotilgan. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va öqotar qurollarni nazorat qiliş agentligi hamda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor-qidiruv tadbirlari ötkazilgan.

Tadbirlar davomida narkotik va sintetik moddalar savdosi bilan şuğullangan ikki internet dökonning administratori bölgan fuqaro qölga olingan.

Tekşiruvda birinçi internet dökon orqali 213 nafar, ikkinçisi orqali 703 nafar mijozga giyohvandlik vositalari taklif etilgani va sotilgani aniqlangan. Gumonlanuvçi mijozlar uçun yaşirib qöyilgan bir neçta narkotik moddalar joylaşgan manzillarni içki işlar organlari xodimlariga körsatgan. Aşyoviy dalillar xolislar iştirokida rasmiylaştirib olingan. Şuningdek, fuqaro kripto-aktivlar aylanmasi bilan ham noqonuniy ravişda şuğullanib kelgani ma’lum bölgan.

Bildirilişiça, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda internet narkodökoni orqali giyohvandlik vositalarini tarqatib kelgan ikki nafar fuqaro qölga olingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing