Mashhur reper Navai Qozog‘iston chegarasida narkotik bilan qo‘lga tushdi

Olam

−

image

Kecha, 13 oktyabr kuni Qozog‘istonning Jambil viloyatida rossiyalik reper Navai (Navai Bakirov) giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda “Ulysmedia” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qozog‘istonga kirishda, “Qorday” chegara yaqinidagi nazorat-o‘tkazish punktida politsiya xodimlari tomonidan Chegara xizmati bilan hamkorlikda Navai taxallusi bilan tanilgan rossiyalik reper Navai Bakirov qo‘lga olingan. U harakatlanayotgan avtomobil ko‘zdan kechirilganda giyohvandlik moddasi aniqlanib, musodara qilingan.

“Ushbu fakt bo‘yicha giyohvandlik vositalari kontrabandasini amalga oshirish gumoni bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 201-moddasiga muvofiq, boshqa ma’lumotlar oshkor etilmaydi”, deb xabar bergan Jambil viloyati politsiya departamenti.

Ma’lumot uchun, Navai – asli ozarbayjonlik bo‘lgan mashhur rossiyalik reper. U “HammAli & Navai” dueti tarkibida (“Devochka voyna”, “Ptichka”, “Pryatki” xitlari mualliflari) katta mashhurlikka erishgan bo‘lib, “kalyan rep” janrining yorqin vakiliga aylangan. Keyinchalik xonanda yakkaxon faoliyatini boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Bakirko‘y tumani prokuraturasi giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi bo‘yicha 18 kishini ushlab turish haqida qaror chiqargandi. Ularning orasida o‘zbekistonlik tomoshabinlarga “Muhtasham yuz yil” va “Chuqur” seriallari orqali tanish bo‘lgan aktyor Aras Bulut Iynemli ham bor edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing