Nasha sotgan 19 yoshli bola 8 yilga qamaldi
3-sahifa
−
10 iyun 2011 2 daqiqa
Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida giyohvand moddalarni sotgani uchun qo‘lga tushgan 19 yoshli bola 8 yil muddatda qamaldi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltiariq tumani sudi ma’lumotlariga ko‘ra, sudlanuvchi yovvoyi holda o‘sgan giyohvandlik o‘simligi barglarini terib, ularni quritib, qayta ishlab, “gashish” giyohvandlik vositasini tayyorlagan.
Keyinchalik uni sotish maqsadida yashash xonadonida saqlab kelgan. 2026 yilning yanvar oyida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida u qariyb 11 gramm “gashish”ni 2 million so‘m evaziga sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Tadbir jarayonida giyohvandlik vositasi hamda savdoda foydalanilgan pul mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.
Qayd etilishicha, sud majlisida ish bo‘yicha to‘plangan dalillar, guvohlar ko‘rsatmalari va boshqa hujjatlar har tomonlama o‘rganilgan. Natijada sudlanuvchining aybi o‘z isbotini topib, unga qonunchilikda belgilangan tartibda jazo tayinlangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltiariq tuman sudining hukmi bilan sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.
Unga ushbu modda bilan Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llanilib, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlangan. Tayinlangan jazo umumiy tartibli kolonialarda o‘tashlik belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 2 kg dan ko‘p “gashish” giyohvand moddasi va 5600 dona psixotrop dorini sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingan edi.
Live
Barchasi