Toşkentda “gaşiş” moyidan peçene va marmelad tayyorlagan şaxs uşlandi
3-sahifa
−
10:58 307 2 daqiqa
Toşkentda internet narkodökoni orqali giyohvandlik vositalarini tarqatib kelgan ikki nafar fuqaro qölga olindi. Ulardan birining ijaradagi uyida narkolaboratoriya taşkil etilgani, u yerda “gaşiş” moyidan peçene va marmeladlar tayyorlangani aniqlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Içki işlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti va uning hududiy bölinmalari hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.
Dastlab, 2002 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, internet narkodökonida “zakladçik”lik bilan şuğullangan fuqaro Yaşnobod tumanida töxtatib tekşirilgan. Uning yonidan tarqatiş uçun tayyorlangan 58 ta öramda 74 gramm “gaşiş” moyi topilgan.
Tezkor-suriştiruv davomida u giyohvandlik vositalarini muntazam ravişda şu yili tuğilgan narkodökon omborçisidan olib turgani aniqlangan. Şundan söng, Çilonzor tumani Dömbirobod mahallasida tezkor tadbir davom ettirilgan.
Narkodökon omborçisining ijaraga olingan xonadonida ötkazilgan tintuvda narkolaboratoriya aniqlangan. U yerdan 3,5 kilogramm “gaşiş” moyi, tarqatiş uçun tayyorlangan 361 ta öramda 350 gramm “gaşiş” moyi, 600 gramm “gaşiş”, şuningdek, “gaşiş” moyidan tayyorlangan 1,5 kilogramm peçene va tört qadoq marmelad topilgan.
Bundan taşqari, giyohvandlik vositalarini tayyorlaş va qadoqlaşda işlatiladigan qölqoplar, şpritslar, zip-paketlar, tarozilar, izolenta, 500 ta böş flakon hamda turli jihoz va uskunalar aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jami 6 kilogramm, 19 ming 250 dozaga teng giyohvandlik vositalari va narkolaboratoriyada işlatiladigan buyumlar hujjatlaştirilgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Ğijduvon tumanida köp miqdorda “gaşiş” giyohvandlik moddasini sotgan uç nafar fuqaro 5 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etilgandi.
Live
Barchasi