Samarqandda gaz balloni portladi. Bir kishi shifoxonada

Jamiyat

image

Joriy yilning 4 iyun kuni Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida yashovchi 33 yoshli A.A. uyining ayvonida gaz ballonini tuzatayotgan vaqtida gaz ballonidan gaz sizib chiqib, chaqnash sodir bo‘lishi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

Oqibatda ayvonning shift va uy-jihozlari yonib zarar ko‘rgan hamda A.A. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa yuzasidan, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

gaz ballon

Baholaganlar

30

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing