Toshkentda yuk mashinasining gaz balloni portlab ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 3 iyul kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yuk avtomobilidagi gaz balloni portladi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar Chilonzor tumani Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida yuk avtomobilida gaz balloni yorilgani haqida Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, qutqaruv bo‘linmalari hodisa joyiga yetib borgan va ko‘rsatilgan manzilda “Kamaz” rusumli yuk avtomobilida gaz balloni yorilgani aniqlangan.

Bildirilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida yo‘l-transport hodisasi oqibatida yuk avtomobili yonib ketgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing