Samarqandda butun oila ovqatdan zaharlandi. Bir kishi vafot etdi
3-sahifa
−
09 noyabr 2024
11970Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yashovchi bir oilaning to‘rt nafar a’zosi botulizm bilan kasallandi. Bu haqda “Zamon” dasturida xabar berildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 1 noyabr kuni Pastdarg‘om tumanining Mang‘itobod mahallasida yashovchi bir oilaning to‘rt nafar a’zosi ovqatdan zaharlanish tashxisi bilan tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga yotqizilgan. Oila a’zolari – er-xotin va ikki bola uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilgan va ularning sog‘ligi yomonlashgan.
Shundan so‘ng ular shifoxonaga yotqizilgan va tekshiruvlarda botulizmga chalingani aniqlangan. Shifoxonada oilaning kenja farzandi vafot etgan.
Pastdarg‘om tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokori bola boshqa kasallikdan vafot etganini aytgan. Bolaning onasi ham farzandi o‘sha kuni konserva mahsulotidan yemagani, unda “sudurgi” kasalligi bo‘lganini ma’lum qilgan.
Tuman Sanitariya epidimioligiya osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimi esa bola ham zaharlanishdan vafot etgani va yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokorlari unga tashxis qo‘yishda adashganini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida tushlik uchun xot-dog yegan 4 kishi zaharlangandi.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar