5 gektar yerni 60 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
22 aprel 2817 1 daqiqa
Samarqand viloyatida fermer xo‘jaligiga qarashli 5,1 gektar yer maydonini 60 000 AQSH dollariga sotishni ko‘zlagan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyati Ichki Ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi yer resurslarining talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasiga mahalliy fuqaro tomonidan ariza kelib tushgan.
Murojaatga asosan viloyat prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda ariza muallifi gumonlanuvchiga Tayloq tumani, “Talliota” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “B.B” fermer xo‘jaligiga qarashli 5,1 gektar sug‘oriladigan yer maydonini 60 000 AQSH dollariga sotishini va kelgusida mansabdor tanishlari orqali hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytgan. Shundan so‘ng gumonlanuvchi kelishilgan pul hisobidan bo‘nak tariqasida 30 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatidagi banklardan birining boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari 40 ming dollar pora bilan qo‘lga tushgan edi.
Shahzoda Shukurullayeva
Live
BarchasiDehqonobod tumaniga sel keldi
23 aprel