Samarqandda narkojinoyatchilar 16 yilga qamaldi
3-sahifa
−
16:43
1574Samarqand viloyatining Urgut tumanida Tojikistondan O‘zbekistonga giyohvandlik moddalarini olib o‘tgan shaxslar qo‘lga olindi va ularga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, Urgut tumanida yashovchi D.A. hozirda jinoyat ishining unga nisbatan qismi alohida ish yurituviga ajratib olingan shaxsning topshirig‘iga ko‘ra, Tojikistonning So‘g‘d viloyati Panjikent tumaniga borib, narkosavdogardan avvaldan 100 ming AQSH dollariga sotib olishga kelishilgan 20 kilogramm 747 gramm “opiy” moddasi uchun 20 ming dollar bergan. So‘ngra, giyohvandlik vositasini “O‘zbek-tojik” davlat chegarasiga yaqin bo‘lgan joyga yetkazib berishi kerakligini aytib, O‘zbekistonga qaytgan.
Oradan bir kun o‘tib, D.A. o‘zining jinoiy sherigi bo‘lgan Tojikiston fuqarosi S.M. bilan aylanma yo‘llar orqali Panjikent tumaniga borgan va kelishilgan manzilga narkokurerlar yetkazib bergan 20 kilogramm 747 gramm “opiy” giyohvandlik vositasini qabul qilib olib, O‘zbekistonga qaytib o‘tgan vaqtida, qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida olib borilgan tergov jarayonlarida ushbu noqonuniy ishga Urgut tumanida yashovchi J.R. ham aloqadorligi ma’lum bo‘ldi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudi tomonidan fuqarolar D.A. va S.M.lar Jinoyat kodeksining 25,273, 223 va 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, ularning har biri 16 yil-u 6 oy muddatga, fuqaro J.R. esa Jinoyat kodeksining 28,25,273 va 28,246-moddalari bilan aybdor deb topilib, 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston, Tojikiston va Qirg‘izistondan kelgan narkokurerlar qo‘lga olingandi. Mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar