Oqdaryo suv omborida yoriqlar paydo bo‘lgani haqida yolg‘on xabar tarqatganlar jazolandi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida joylashgan Oqdaryo suv omborida yoriqlar paydo bo‘lgani haqidagi video tarqaldi. Holat yuzasidan tuman hokimligi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, suv omborida hech qanday nosozliklar yoki xavfli holat yuzaga kelmagan. Suv sathi me’yoriy darajada bo‘lib, damba va unga tegishli infratuzilmalar barqaror holatda ishlamoqda. Barcha ob’ektlar doimiy ravishda mutaxassislar tomonidan nazorat qilinmoqda.

“Oqdaryo suv ombori strategik ahamiyatga ega inshoot sifatida qonunchilikka muvofiq ravishda texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, uning xavfsizligi to‘liq ta’minlangan”, deyiladi hokimlik munosabatida.

Joriy yilning 13 yanvar kuni holat yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Ishtixon tuman sudida bo‘lib o‘tgan sudda holatga qonuniy baho berildi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.

Unda qayd etilishicha, 10 yanvar kuni Ishtixon tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan J.H. hamda Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan M.P. suv omborining janubiy-g‘arbiy qismi qirg‘og‘ida joriy ta’mirlash ishlari olib borilayotganini o‘zlarining telefonlariga tasvirga olgan. So‘ngra uni “Mana Ishtixon tumani suv omborida suv toshib ketishiga oz qoldi, suv omboram ketay dedi” deya tarqatishgan.

Sud ularni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2022-moddasi (Yolg‘on axborot tarqatish) 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topdi. Sud qarori bilan ularning har biriga BHMning 20 baravari miqdorida (7,5 million so‘m) jarima jazosi tayinladi.


Maqola muallifi

Teglar

sud Samarqand viloyati Oqdaryo suv ombori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing