Samarqandda “opiy”ni ichki a’zolariga yashirgan er-xotin ushlandi
3-sahifa
−
18:52 1619 1 daqiqa
Bugun, 14 fevral kuni Samarqand viloyatida qo‘shni davlatdan kelgan ikki nafar fuqaro 796 gramm “opiy” giyohvandlik moddasini “Jartepa” chegara bojxona postidan noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan vaqtida ushlandi. Bu haqda viloyat Bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bojxona xodimlari qo‘shni davlatdan kelgan ikki nafar fuqaroni tekshiruvdan o‘tkazgan. Tekshiruv jarayonida ayol yo‘lovchi maxsus “Body skaner” qurilmasi orqali ko‘rikdan o‘tkazilganda, uning ichki a’zolarida 3 ta o‘ram borligi aniqlangan. Shifokorlar ishtirokida ochib ko‘rilgan o‘ramlardan jami 255 gramm “opiy” topilgan.
Shuningdek, ushbu fuqaroga hamrohlik qilayotgan turmush o‘rtog‘i ham tezkor xodimlar tomonidan darhol kuzatuvga olingan va Samarqand shahridagi shifoxonalardan biriga olib kelingan. Tibbiy ko‘rik davomida uning ichki a’zolaridan 4 dona o‘ramlar chiqarib olingan. Mazkur o‘ramlarga esa 541 gramm “opiy” giyohvandlik moddasi joylangani aniqlanadi.
Natijada jami 796 gramm opiy giyohvandlik moddasini noqonuniy olib kirishga urinishning oldi olingan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda shirinlik orasiga yashirilgan qoradorini xorijdan olib o‘tmoqchi bo‘lgan 19 yoshli qiz ushlangandi. U giyohvandlik vositalarini narkokurerlar tomonidan “zakladka” tarzida qoldirilgan joydan olib, Toshkent shahriga ketayotgan bo‘lgan.
Live
Barchasi