Samarqandda ayol 3 kunlik chaqalog‘ini sotdi
3-sahifa
−
21 Sentabr 2023
7207Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida 3 kunlik chaqalog‘ini 50 million so‘mga sotayotgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda “Zamon” dasturida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyatida yashovchi turmushidan ajrashgan ayol boshqa bir yigitdan homilador bo‘lib qolgan va uni yaqinlaridan yashirishga uringan. Shuningdek, u hali tug‘ilmagan farzandini sotishga qaror qilib, Samarqand tumanida yashovchi xaridor ayol bilan kelishib olgan.
Chaqaloq tug‘ilganidan so‘ng, ayol uni avvaldan kelishib olgan holda xaridorga 50 mln so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi JIB Samarqand viloyati Oqdaryo tumani sudida ko‘rib chiqilgan. Unda sudlanuvchi aybiga to‘liq iqror bo‘lib, o‘ziga nisbatan yengilroq jazo tayinlanishini so‘ragan.
Sud hukmiga ko‘ra, ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi “a” bandi bilan, 57-moddani qo‘llagan holda, 5 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatida ayol o‘zining (qiz jinsli) chaqalog‘ini boshqa bir fuqaroga sotayotgan vaqtida ushlangan edi. U 2023 yilda tug‘ilgan qizi B.D.ni 90 million so‘m evaziga sotmoqchi bo‘lganda DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Shuningdek, joriy yilning 8 avgust kuni Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida 28 yoshli ayol 4 kunlik chaqalog‘ini ko‘chaga tashlab ketgandi.
LiveBarchasi