Navoiyda ayol chaqalog‘ini 90 millionga sotmoqchi bo‘ldi
3-sahifa
−
16 avgust 2023 6847 1 daqiqa
Navoiy viloyatida ayol o‘zining (qiz jinsli) chaqalog‘ini boshqa bir fuqaroga sotayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Keltirilishicha, fuqaro J.Ch. 2023 yilda tug‘ilgan qizi B.D.ni 90 million so‘m evaziga sotmoqchi bo‘lgan. Shu zahotiyoq u viloyat DXX, Ichki ishlar hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti viloyat boshqarmalari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 avgust kuni Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida 28 yoshli ayol 4 kunlik chaqalog‘ini ko‘chaga tashlab ketgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025