Buxoroda 4 kunlik chaqaloq ko‘chaga tashlab ketildi
3-sahifa
−
09 avgust 2023
13707Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida 28 yoshli ayol 4 kunlik chaqalog‘ini ko‘chaga tashlab ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 8 avgust kuni soat 01:30 larda Qorako‘l tumani markazida tungi xizmatga jalb etilgan viloyat IIB xodimlari o‘ziga biriktirilgan hududdagi tuman Markaziy kasalxona binosining orqa tomonidan yashil rangli qopga solingan o‘g‘il bola jinsiga mansub, taxminan 3-5 kunlik sog‘lom chaqaloqni topib olgan.
Shu paytning o‘zida chaqaloq IIO xodimlari tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasi Bolalar bo‘limiga yotqizilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va soha mutaxassislari nazoratiga olingan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida ushbu chaqaloq 2023 yilning 4 avgust kuni Qorako‘l tumani “Mirob” mahallasida yashovchi 28 yoshli B.Z. ismli ayol tomonidan o‘z xonadonida hech qanday tibbiyot xodimlarisiz dunyoga keltirilgani va oradan 3 kun o‘tgach, yuqorida aytib o‘tilgan manzilga tashlab ketilgani aniqlangan.
Hozirda holat hamda uni keltirib chiqargan sabab va omillarni aniqlash yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan bo‘lib, uning yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
LiveBarchasi