Samarqandda 8 nafar shaxsni ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs aniqlandi
3-sahifa
−
08 fevral 2023 5969 1 daqiqa
Samarqandda 8 nafar fuqaroni ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, ulardan 2600 dollar olgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Pastdarg‘om tumani tibbiyot birlashmasi laboranti Z.Ya. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) D.K. va boshqalarning ishonchiga kirib, ularni tanishlari yordamida ushbu birlashmaga ishga kiritib qo‘yishini va’da qilgan. U 8 nafar fuqaroning jami 2600 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral