Samarqandda 5 bolaning onasi o‘zini osib qo‘ydi

3-sahifa

image
Navoiyda mahkum o‘zini osib qo‘ydi north_east

Navoiyda mahkum o‘zini osib qo‘ydi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida 5 farzandning onasi osib o‘ldirilganligi haqida xabarlar tarqalgan. Viloyat prokuraturasi holatga munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 3 oktyabr kunidan 4 oktyabr kuniga o‘tar kechasi Pastdarg‘om tumanida yashagan 43 yoshli S.S. ota-onasi yashab kelayotgan uyning hovlisidagi daraxtga o‘zini osib, joniga qasd qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Pastdarg‘om tumani prokuraturasi tomonidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Marhuma S.S.ning o‘z joniga qasd qilishi sabablarini aniqlash maqsadida uning turmush o‘rtog‘i, oila a’zolari, qo‘ni-qo‘shni va mahalladagilardan tushuntirish xatlari olingan, tegishli  tashkilotlarga so‘rov xatlari yuborilgan, xizmat tekshiruvlari tayinlangan.

Xozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

567

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing