Navoiyda mahkum o‘zini osib qo‘ydi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 9 oktyabr kuni Navoiy shahar beshinchi mintaqaviy hudud 4-son jazoni ijro etish koloniyada mahkum vahshiylarcha o‘ldirilgani haqida xabar tarqatildi. Viloyat prokuraturasi holatga munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, mahkum M.O. joriy yilning 7 oktyabr kuni soat taxminan 01:35 larda koloniya intizomiy bo‘linmasining 2-hujrasida o‘zining kiyimidan arqon yasab, yotish uchun mo‘ljallangan o‘rin joyidagi krovat temiriga o‘zini osib, o‘z joniga qasd qilgan.

Mahkum M.O. jinoyat ishi bo‘yicha 2018 yil 30 iyulda jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “l” bandi, 60, 61-moddalari bilan aybdor deb topilib, unga 15 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Qo‘shimcha qilinishicha, u Jinoyat kodeksining bir nechta moddalari bilan muqaddam 4 marotaba sudlangan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy maxsus prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotgan bo‘lib, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy mahkum

Baholaganlar

383

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing