Samarqandda 31 ta noyob daraxt kesib tashlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida qurilish firmasi 31 ta noyob daraxtni noqonuniy kesib tashladi. Bu haqda viloyat ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Samarqand shahar “Bog‘imaydon” MFYda joylashgan 16-sonli Maktabgacha ta’lim tashkiloti hududida qo‘shimcha 150 o‘rinli bino qurish va hududda qayta qurilish ishlarini olib borayotgan “Samarqand maxsus suv drenaj” MCHJ tomonidan ta’lim tashkiloti hududida mavjud jami 31 tup qimmatbaho navlari ro‘yxatiga kiritilgan diametri 6,6 smdan 24,5 smgacha bo‘lgan Eldor qarag‘ayi (Pinus yeldarica) va 1 tup diametri 27,0 sm bo‘lgan kam qimmatli Terak daraxtlarini noqonuniy ravishda qurilishi rejalashtirilgan binoni qurish ishlarini boshlash uchun binoning yer osti qismini qazish vaqtida (kotlovan) kesib tashlagani va ildizlarini yo‘q qilganligi holati aniqlangan.

Daraxtlar noqonuniy tarzda kesib tashlanishi oqibatida tabiatga 260 620 000 so‘m zarar yetkazilgan.

“Mazkur holatda o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdorida jinoyat alomatlari borligi sababli aybdor shaxslarga nisbatan qonun talablariga muvofiq tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga taqdim etildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda 7 tup daraxt kesgan shaxs jarimaga tortilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand noyob daraxt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made