Samarqandda 20 nafar yo‘lovchisi bor avtobus ag‘darilib ketdi

3-sahifa

image

Kecha, 18 noyabr kuni Samarqand viloyatida 20 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi. Bu haqda Samarqand viloyati prokuraturasi ma’lum qildi.

Soat taxminan 22:30 da haydovchi A.I. boshqaruvida bo‘lgan “GOLDEN DRAGON” rusumli avtobus 20 nafar yo‘lovchi bilan Oqdaryo tumanida “Samarqand-Buxoro” M-37 avtomobil yo‘lida ag‘darilib ketgan.

Qayd etilishicha, haydovchi avtobusni boshqarib kelayotgan vaqtida, asfalt qismi sirpanchiq bo‘lganligi natijasida avtomashina boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomon chetki qismidagi pastlikka transport vositasi ag‘darilib ketishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida avtobusda yo‘lovchi sifatida kelayotgan fuqarolar A.B. va F.R. turli darajadagi tan jarohatlari olib Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyga tezkor-tergov guruhi a’zolari chiqishgan va hozirda mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Viloyat prokuraturasining bayonotida qolgan 18 nafar yo‘lovchining ahvoli to‘g‘risida ma’lumot berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH avtobus

Baholaganlar

980

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing