Samarqandda 13 yoshli qizini “pullash”ga uringan ayol qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
24 Sentabr
10444Samarqandda 13 yoshli qizini 25 ming dollarga sotib, savdoni restoranda “nishonlayotgan” ayol qo‘lga tushdi. Bu haqda “Zamon” dasturida xabar berildi.
Aytilishicha, ayol bundan 2 yil muqaddam Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bo‘yicha sudlangan va ayni paytda uy qamog‘i jazosini o‘tayotgan bo‘lgan.
“Qizimdan ko‘p kechirim so‘radim. Bir kun betimga aytadi. Boshqa ilojim yo‘q, aybni men qilganman, qizim emas. Qilgan ishimdan pushaymonman”, deydi qizning onasi.
Bundan tashqari, ayol “xaridor”ning birorta qizini farzandlikka so‘raganini va evaziga uy olib berishni taklif qilganini ta’kidlagan.
Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 135-moddasi “a” bandi (Odam savdosi) bilan 57-modda qo‘llanilib, uzil-kesil 5 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va uning jazoni qattiq tartibdagi koloniyada o‘tashi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatida chaqalog‘ini 10 mln so‘mga pullamoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olingan edi.
LiveBarchasi