Samarqandda harbiy vertolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor

3-sahifa

image

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida harbiy vertolyot halokatga uchrab, vertolyot ekipaji halok bo‘ldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, bugun, 17 noyabr kuni soat 20:15 da Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga tegishli “Mi-8” vertolyoti “Kattaqo‘rg‘on” poligonida o‘quv parvozini amalga oshirayotganida halokatga uchragan. Fojia oqibatida vertolyot ekipaji halok bo‘lgan. 

“Ayni vaqtda hodisa joyida Maxsus komissiya avariya sabablarini aniqlash ustida ish olib bormoqda. Halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari hamda yaqinlariga chuqur hamdardligimizni bildiramiz”, deyiladi xabarda.

Biroq Mudofaa vazirligi xabarida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning shaxsi va necha kishi ekaninga aniqlik kiritmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Kattaqo'rg'on harbiy vertolyot Mi-8

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing