Samarqandda ham isitish mavsumi 1 noyabrdan boshlanadi
Jamiyat
−
31 Oktabr
2185Samarqand viloyatida ham isitish mavsumi ertaga, 1 noyabrdan boshlanadi. Bu haqda bugun, 31 oktyabr kuni viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning tegishli farmoyishi imzolandi.
Farmoyishga ko‘ra, Samarqand shahri va tumanlar hokimliklari, ijtimoiy soha tashkilotlari va kommunal xo‘jalik korxonalariga 1 noyabrdan boshlab kecha-yu kunduz ishlaydigan shtablar tashkil etish topshirilgan.
Shuningdek, ularga viloyatdagi ijtimoiy soha ob’ektlariga va aholi yashash uy-joylariga, “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasi tizimidagi isitish qozonxonalariga uzluksiz hamda bir me’yorda tabiiy gaz, elektr energiyasi quvvati yetkazib berilishini ta’minlash va tabiiy gaz yetib bormaydigan aholi punktlarini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash kabi vazifalar yuklatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov viloyatda isitish mavsumini 1 noyabrdan boshlash haqida tegishli farmoyishni imzolagan edi.