Samarqand va Andijonda xorijga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand hamda Andijon viloyatida xorijiy davlatlarga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, departamentning Qo‘shrabot tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A” MCHJ rahbari M.J. 8 fuqaroni aldab, ularni Angliyaga ishga yuborishini aytib, jami 12 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan hamda o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgani aniqlangan. 

Shuningdek, Andijon viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda J.A. fuqaro X.A.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Germaniyaga ishga yuborishi evaziga 1300 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan shahrida xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Andijon Qo'shrabot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing