Samarqand IIB yo‘lni to‘sib to‘y qilganlar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi

3-sahifa

image
Samarqandda to‘y va motam marosimlari o‘tkazishning qat’iy tartibi belgilandi north_east

Samarqandda to‘y va motam marosimlari o‘tkazishning qat’iy tartibi belgilandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida to‘yda odamlar yo‘lni to‘sib raqsga tushayotgani aks etgan video tarqaldi. Bu holatga to‘ylardagi yangi trend deb izoh berilgan.

Samarqand viloyati IIB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, Samarqand shahrining “Bog‘i baland” MFYda yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan D. 2020 yilning 07 oktyabr kuni yashash manzilida qizining nikoh tuyi marosimini uyushtirgan.

To‘y marosimi karantin qoidalariga zid ravishda amalga oshirilib, kuyov navkarlar Samarqand shahar Afrosiyob ko‘chasi avtomobil yo‘lini to‘sib, avtotransportlarning harakatlanishiga halaqit bergan.

To‘y egalariga nisbatan O‘zbekiston MJtKning 54-moddasi 1-qismiga ko‘ra ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Hozirda ushbu holatdagi barcha huquqbuzarlarni aniqlab, qonuniy chora ko‘rish maqsadida, tezkor-profilaktik tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Barcha huquqbuzarlarning shaxsi aniqlanib, qonunlarda belgilangan qat’iy choralar ko‘rilishi ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

to'y

Baholaganlar

529

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made