Samarqandda to‘y va motam marosimlari o‘tkazishning qat’iy tartibi belgilandi
Jamiyat
−
05 oktabr 2020 20724 2 daqiqa
Samarqand shahrida to‘ylar va boshqa oilaviy marosimlarni o‘tkazish uchun qat’iy tartib belgilandi. Xalq deputatlari Samarqand Kengashining o‘n uchinchi sessiyasida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish tartibi ko‘rib chiqildi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Kengash qaroriga ko‘ra, karantin davrida O‘zbekistonga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qaroriga qat’iy rioya qilgan holda to‘y, oilaviy tantana, ma’raka va marosimlar faqat bir kun soat 06:00 va 23:00 oralig‘ida 30 nafar ishtirokchi bilan o‘tkazilishi belgilandi.
Qarorga muvofiq, to‘y o‘tkazuvchi shaxslar to‘ydan kamida bir hafta oldin yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (mahalla)ni xabardor qilishi zarur. Shuningdek, milliy an’analarga yot “kelin navkari”, “chorlar”, “ota ko‘rdi”, “sep yoydi”, “quda chaqirdi”, “kuyov chaqirdi”, “kelin chaqirdi”, “tog‘ora yuborish” kabilarni o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dafn etish va motam marosimlari bilan bog‘liq ortiqcha tadbirlar -“yetti”, “payshanbalik”, “yakshanbalik”, “yigirma”, “qirq”, “hayit”, “yil oshi”, “pul tarqatish”, “mato ulashish” kabilarni o‘tkazish ta’qiqlanadi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28