Samaradagi maxsus lagerda 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik to‘planib qoldi
Olam
−
05 Sentabr 2020
8623Bugungi kunda Rossiyaning Samara viloyatidagi maxsus lagerda O‘zbekistonga qaytishni kutayotgan 3 mingdan ortiq migrant bor. Bu haqda “Exo Msokva” xabar berdi.
O‘zbek milliy-madaniy muxtoriyati kotibi Yodgor Usmonovning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik migrantlar Kinel shahri yaqiniga kelishda davom etyapti. Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni olib ketish uchun navbatdagi temir yo‘l reysi ertaga keladi. Ularni Vatanga qaytarish O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha amalga oshiriladi.
Yodgorovning ta’kidlashicha, lagerda O‘zbekistonga olib ketuvchi poyezd uchun chiptalarni uch baravar qimmatga – 30 ming rublga sotayotgan shaxslar paydo bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Kinel stansiyasidan so‘nggi haftalarda to‘rtta poyezd reysida 4 mingga yaqin o‘zbekistonlik qaytarildi.
LiveBarchasi