Salvadorda futbol o‘yinida yuz bergan tiqilinchda 12 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Salvadordagi Kuskatlan stadionida futbol o‘yini vaqtida sodir bo‘lgan tiqilinchda kamida 12 kishi halok bo‘ldi, 100 kishi jarohat oldi. Bu haqda “La Prensa Grafica” gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuv boshlanishi oldidan elektron chiptalarni qayta sotish tashkil etilgan. Buning oqibatida o‘yinga rejalashtirilganidan ko‘proq odam kelgan.

“Butun sport majmuasida faqat ikkita ochiq eshik bor edi. Tashqarida bo‘lgan odamlar ichkariga kirishni xohlashdi, hammasi bizga bosim o‘tkazishdi”, deydi tiqilinch guvohlaridan biri.

Tiqilinchdan so‘ng o‘yin to‘xtatilgan.

Salvador milliy gvardiyasi direktori chiptalarni qayta sotish bo‘yicha tergov boshlanishini ma’lum qilgan.

"Jinoyatchilar kim bo‘lishidan qat’i nazar, ular jazosiz qolmaydi", deydi mamlakat Prezidenti o‘zining Twitter sahifasida.


Maqola muallifi

Teglar

futbol tiqilinch Salvador

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing