Salomga yarasha alik. Tojikiston ham turkiyaliklar uchun viza rejimini joriy qilmoqchi

Olam

image

Tojikiston Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini o‘rnatish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda kecha, 6 aprel kuni Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Shoxin Samadiy ma’lum qildi.

“Tojikiston tomoni Turkiya fuqarolari uchun o‘zaro munosabatlar tamoyiliga muvofiq viza tizimini joriy etish masalasini ko‘rib chiqmoqda”, degan Samadiy jurnalistlarga bergan bayonotida.

Respublika Tashqi ishlar vazirligi Turkiya diplomatik kanallar orqali tojikistonliklar uchun vizasiz rejim bekor qilingani haqida Dushanbeni hanuzgacha xabardor qilmaganini ta’kidlagan.

"Xalqaro amaliyotga ko‘ra, turk tomoni bizni viza tizimining joriy etilgan sanasi haqida oldindan ogohlantirishi kerak edi. Rasmiy Dushanbe diplomatik kanallar orqali hozircha bunday ma’lumotni olmagan", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 5 aprel kuni Turkiya doimiy xorijiy pasportga ega Tojikiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qilgan edi. Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning shu haqdagi tegishli farmoni hukumatning rasmiy gazetasi “Resmi gazete”da chop etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

viza Tojikiston turkiyaliklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing