“Salomga yarasha alik”. Polshaning ham Rossiyadagi konsulxonasi yopiladi

Olam

image

Joriy yilning 29 avgust kunidan Rossiyaning Kaliningrad shahridagi Polsha Bosh konsulxonasi o‘z faoliyatini rasman to‘xtatadi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi. 

Qayd etilishicha, bugun, 11 iyul kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga Polshaning Rossiyadagi muvaqqat ishlar vakili chaqirilgan va unga tegishli nota topshirilgan. Unda aytilishicha, 2025 yil 30 iyundan boshlab Polsha hukumati Rossiyaning Krakovdagi Bosh konsulxonasi faoliyatiga rozilikni bekor qilganiga javoban, Rossiya tomoni 2025 yil 29 avgustdan boshlab Polshaning Kaliningraddagi Bosh konsulxonasi faoliyatiga rozilikni bekor qiladi.

Bildirilishicha, ushbu qaror Polsha tomonidan Rossiya konsulliklari sonini sun’iy bahonalar bilan kamaytirish orqali sodir etilgan asossiz va dushmanona harakatlarga javob sifatida qabul qilingan.

“Rossiya diplomatiyasi doimo shuni ta’kidlab keladiki, mamlakatimizga qarshi yo‘naltirilgan hech bir dushmanona harakat tegishli javobsiz va oqibatsiz qolmaydi”, deyiladi vazirlik bayonotida. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha Rossiya bilan mumkin bo‘lgan urushga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mudofaasini kuchaytirayotgani haqida xabar berilgandi. Markaziy Polsha himoyasiga ko‘ra, mamlakat so‘nggi yillarda faqatgina qurollanishni kuchaytirmoqda emas, balki bu jarayonning boshlanishi kamida o‘tgan 10 yil davomida amalga oshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Pol'sha Kaliningrad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing