“Salimboyvachcha” jazoni qayerda o‘tashi ma’lum bo‘ldi

3-sahifa

image

Xalq orasida "Salimboyvachcha" nomi bilan mashhur Salim Abduvaliyev 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgani rasman tasdiqlandi. Bu haqda  Toshkent shahar sudi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2024 yil 19 mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida Salim Abduvaliyevga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, hukm e’lon qilingan.

Sud hukmiga ko‘ra, Salim Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 1-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketganligi sababli jinoiy javobgarlikdan ozod etilib, jinoyat ishining shu qismi Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasi (ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish uchun asoslar) 1-qismi 1-bandiga asosan tugatilgan.

"Salim Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 248-moddasi (o‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor, deb topilib, unga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi”, deyiladi xabarda.

Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tattirilish belgilangan.

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudiga shikoyat berish va protest keltirishga haqli.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi Salim Abduvaliyev (“Salimboyvachcha”) O‘zbekistonda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha noyabr oyida boshlangan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davomida Toshkentning Fayzobod dahasida joylashgan uyidan olib ketilgan.

Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayevga ko‘ra, Salim Abduvaliyevning noqonuniy qurol saqlayotgani aniqlangan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 248-moddasi bilan ish qo‘zg‘atilgan va qamoqqa olish ehtiyot chorasi tanlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Salimboyvachcha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing