Saidov Lavrov bilan millatlararo murosasizlik masalasini gaplashib oldi
Jamiyat
−
27 Sentabr
6103Kecha, 26 sentyabr kuni Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi. Uchrashuvda millatlararo murosasizlik ko‘rinishlariga qarshi kurashish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi. Bu haqda Rossiya TIV ma’lum qildi.
Bildirilishicha, Tashqi siyosat idoralari rahbarlari Rossiya-O‘zbekiston munosabatlaridagi bir qator dolzarb masalalarni, jumladan, davlatlararo muloqot doirasidagi kelgusi tadbirlarni tayyorlashni muhokama qilgan, shuningdek, global va mintaqaviy kun tartibining ayrim masalalari yuzasidan fikr almashgan.
“Lavrov va Saidov ikki davlat rahbarlari erishgan kelishuvlarga muvofiq Rossiya va O‘zbekistonning har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash bo‘yicha izchil hamkorlikka sodiqligini tasdiqladi. Millatlararo murosasizlik ko‘rinishlariga qarshi kurashish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonning Moskvadagi elchisi Botirjon Asadovga taqdimnoma kiritgandi.
LiveBarchasi